To’lov turlari

Jismoniy shaxslar uchun xizmatlar to’lovi turlari
  • Naqd pul
  • Plastik karta Uzkart Duet va UzCard EMV
  • Bank pul o’tkazmalari
  • PAYNET shahobchalari yordamida
  • CLICK tizimi – Internet orqali xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
  • WoyWo - Yagona Umumrespublika Protsessing Markazining to'lov tizimi.
Xususiy tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun xizmatlar to’lovi turlari
  • Pul o’tkazish yo’li

Jismoniy shaxs bo’lgan mijozlar uchun bir necha to’lovi turlarini taklif etamiz

Naqd pul to’lash
Naqd pul to’lash kompaniya ofis va filiallarida amalga oshiriladi. Ularni manzillari “Aloqalar” bo’limida ko’rsatilgan.

Plastik karta Uzkart Duet va UzCard EMV
Agar sizda Uzkart Duet va UzCard EMV plastic kartalari bo’lsa, to’lovlar kompaniya ofis va filiallarida amalga oshiriladi

Bank pul o’tkazmalari
Ushbu to’lov turidan to’lovni amalga oshirish uchun, buyurtmadan so’ng mazkur to’lov turini tanlab, ekrandagi hisob varaqasini chop eting. Bu hisob varaqasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslardan to’lovlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan banklarda to’lovni amalga oshiring.

PAYNET - to'lovlari
PAYNET dilerlik punktlarida balansingizni to'ldirish uchun, UZREGISTRATOR xizmatlari uchun to'lov amalga oshirayotganingizni, bog'lanmaning shaxsiy hisob raqami va to'lov miqdorini ko'rsatib o'tishingiz kerak. Turli miqdordagi to'lovlar qisqa muddat ichida qo'shimcha ustamasiz amalga oshiriladi.

Click orqali to’lash
Click orqali xisobni to’ldirish uchun shaxsiy kabinetingizda [To’lovlar va xizmatlar] bo’limiga o’tib, [CLICK orqali to’lash] tugmasini bosib, kerakli summa kiritiladi, to’lov (https://my.click.uz) internet veb saxifasi orqali o’z xisob raqamingiz orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

WoyWo orqali to’lash
WoyWo orqali xisobni to’ldirish uchun shaxsiy kabinetingizda [To’lovlar va xizmatlar] bo’limiga o’tib, [WoyWo orqali to’lash] tugmasini bosib, kerakli summa kiritiladi, to’lov (https://pay.woy-wo.uz/v1) internet veb saxifasi orqali o’z xisob raqamingiz orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar uchun
Buyurtmalar to’lovi — Yuridik shaxs va xususiy tadbirkorlar faqat pul o’tkazish yo’li bilan to’lashlari mumkin. Buyurtmani rasmiylashtirilgandan keyin avtomatik ravishda to’lov hisobi va shartnoma shakllantiriladi, ularni printerda chop etib, shu bo’yicha to’lashingiz mumkin.

Buhgalteriya uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar (to’lov hisobi, shartnoma, hisob-faktura asl nusxasi) buyurtma bilan birga kompaniyamiz ofisi va filiallarida beriladi.

Bilib qo'ygan yaxshi
Server qurilmalarining o'lchov birligi unit (U). Unit (U) - bu telekommunikatsion qurilmalari o'lchamining maxsus o'lchov birligi. 1U = 44.45 ММ.